22:12 / 31.01.2022
1 066

O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda ipoteka shartlari qanday?

O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda ipoteka shartlari qanday?
Markaziy bank O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi ipoteka shartlari taqqoslangan hisobotni taqdim etdi.

O‘zbekistonda qayta moliyalashtirish stavkasi yuqoriroq ko‘rsatkichni – 14 foizni ko‘rsatmoqda. Rossiyada ushbu ko‘rsatkich 8,5 foizga teng bo‘lsa, Qozog‘istonda 10,2 foizni, Qirg‘izistonda esa 8 foizni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistondagi yillik o‘rtacha foiz stavkasi 17,5 foiz bo‘lib, Rossiyada bu ko‘rsatkich 7,7 foiz, Qozog‘istonda 8,4 foiz, Qirg‘izistonda esa 12,8 foiz etib belgilanmoqda.

O‘zbekistonda ipoteka qarzi olishning o‘rtacha muddati 17,1 yilni tashkil qilmoqda. Eng kam muddat (9 yil) Qozog‘istonda ekanligi ta’kidlanmoqda. Qirg‘izistonda nisbatan ko‘proq – 9,8 yilni, Rossiyada esa eng ko‘pi – 20,9 yilni ko‘rsatmoqda.

Eng uzoq muddatli kreditlar ham Rossiyada (30 yil). Qozog‘iston va Qirg‘izistonda eng ko‘pi bilan 25 yilga, O‘zbekistonda esa 20 yilga borib taqaladi.

O‘zbekistondagi o‘rtacha ipoteka hajmi 18 791 dollarni tashkil qilmoqda. Qozog‘istonda mazkur ko‘rsatkich 29 425 dollarga, Rossiyada esa 45 500 dollarga yetgan bo‘lsa, Qirg‘izistonda bu bo‘yicha ma’lumot yo‘q.

O‘zbekistonda poytaxtda qurilgan yangi uylar bo‘yicha eng past narxlardan biri – 1 kvadrat metr uchun 811 dollarni, Qirg‘izistonda – 798 dollarni, Qozog‘istonda – 912 dollarni, Rossiyada esa – 3721 dollarni ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonda poytaxtning ikkilamchi bozoridagi uylarning o‘rtacha eng past narxi – 740 dollarni tashkil qilmoqda. Qirg‘izistonda – 770 dollar, Qozog‘istonda – 808 dollar, Rossiyada esa – 3546 dollar etib belgilanmoqda:

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda ipoteka shartlari qanday?