22:42 / 31.01.2022
1 101

Samarqandda fuqarolarni Amerikaga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqarolarni Amerikaga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Qadimda barcha yo‘llar Rimga eltgan bo‘lsa, «zamonaviy Rim» bu — Qo‘shma Shtatlar. Okeanortiga borishning esa «yo‘llari» juda ko‘p... Masalan, Samarqand viloyatida uch nafar hamyurtini olti mamlakat (O‘zbekistonni qo‘shsa — yettita) orqali AQSHga yuborishga uringan shaxs qo‘lga olindi.

Noqonuniy holat DXXning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi, 1990 y.t. shaxs 3 nafar fuqaroni «O‘zbekiston-Rossiya-Turkiya-BAA-Buyuk Britaniya-Meksika-AQSH» yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish uchun ularning har biridan 20 ming AQSH dollari talab qilib, jami 60 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, fuqarolarga yo‘lga chiqishdan avval ularning har biri PZR-test ma’lumotnomasiga va hisobida 5 ming AQSH dollari bo‘lgan VISA-kartaga ega bo‘lishlari kerakligi tushuntirilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarning xorijiy davlatlardagi jinoiy aloqalariga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda fuqarolarni Amerikaga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi