08:50 / 02.02.2022
1 172

O‘zbekiston bozorlarida yanvar oyida narx qanday o‘zgardi?

O‘zbekiston bozorlarida yanvar oyida narx qanday o‘zgardi?
2022 yilning yanvar oyida inflyatsiya holati 0,9 foizni tashkil qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida xabar qilindi.
Oziq-ovqat mahsulotlari 1,3 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar narxi esa 0,7 foizga qimmatlashgan.

Yanvar oyida narxlar qanday o‘zgardi?
2021 yilning dekabr oyiga qaraganda, restoran va mehmonxonalardagi narxlar ko‘proq (2,3 foizga) qimmatlashgan. Oziq-ovqat mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar bahosi 1,3 foizga oshgan. Algokol ichimliklari va tamaki mahsulotlari — 0,8 foizga qimmatlashgani aytildi.

Tibbiy yordam xizmatlari 1,2 foizga, dam olish va sport sohalari 1,5 foizga o‘zgargan. Ta’lim sohasi va kommunal to‘lovlardagi o‘zgarishlar deyarli sezilarsiz ko‘rsatkichga — 0,2 foiz va 0,3 foizga ko‘tarilgan. Transport narxlari 0,4 foizga arzonlashgan. Sug‘urta va moliya xizmatlari bahosida o‘zgarishlar kuzatilmagan. Ma’lum bir mahsulotlar haqida aytadigan bo‘lsak, go‘sht narxi 0,4 foizga arzonlashgani qo‘mitada aytib o‘tildi. Mevalar va yong‘oqlar 3,1 foizga, baliq mahsulotlari 0,9 foizga oshgan.

Asosiy mahsulotlardan saryog‘ (1,7 foiz), yangi sut va bug‘doy uni (1,3 foizdan), shakar (1 foiz) narxlari bir muncha oshgani ta’kidlandi. Tuxum (-0,9 foiz), guruchning barcha navlari (-0,3), mol va qo‘y go‘shti (0,2-0,6 foiz ichida) narxlari arzonlashgan. Kiyim-kechak narxlari dastlabki oy mobaynida 0,8 foizga, oyoq kiyimlar 0,9 foizga oshgan. Benzin bahosi 3,5 foizga, propan esa 8,5 foizga arzonlashgani kuzatildi.

Bularning barchasi nimani anglatadi?
Avvalroq xabar berilganidek, inflyatsiya — O‘zbekiston iqtisodiyoti holati va hayotidagi muhim ko‘rsatkichlardan biri. 2021 yilda inflyatsiya darajasi so‘nggi yillarga qaraganda rekord darajada – 9,98 foizga past bo‘ldi. Hukumat inflyatsiya darajasini 2023 yilda 5 foizgacha tushirishni maqsad qilib oldi. Ushbu ko‘rsatkich Kanada va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar ko‘rsatkichi hisoblanadi. Inflyatsiya ko‘plab ko‘rsatkichlarga ta’sir o‘tkazadi. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, inflyatsiya darajasi qanchalik past bo‘lsa, kreditlar, shu jumladan, ipoteka kreditlari ham shunchalik pasayadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston bozorlarida yanvar oyida narx qanday o‘zgardi?