Mamlakatimizda so‘nggi yillarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora - tadbirlar amalga oshirildi.
Islohotlar zamirida Byuro organlari tizimi tubdan takomillashtirilib, sud, prokuratura, mahalliy hokimliklar, manfaatdor tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Seminardan asosiy maqsad, byuro organlari bilan sudlar o‘rtasida ijro hujjatlarini ijroga qaratishda yo‘l qo‘yiladigan muammo va ularni kelgusi faoliyatida yo‘l qo‘ymaslik borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan zarur chora-tadbirlarni belgilash nazarda tutildi.
Tahlillarga ko‘ra, Byuro organlari ish yurituviga qabul qilingan 89 mingta yoki 76 foiz hujjatlar sudlarning hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Sud hujjatlarining o‘z vaqtida ijro etilishi aholining, tadbirkorlarning odil sudlovga va davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash xizmat qiladi.
Shu bois, sud va majburiy ijro byurosi hamkorligida o‘tkazilgan seminarda sud hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish hamda kelgusidagi faoliyatni yaxshilash maqsadida “E-XSUD” va “MIB Portal” dasturlari orqali elektron yuborilayotgan hujjatlardagi muammolarni sansaronlikka yo‘l qo‘ymasdan birgalikda bartaraf etish, shuningdek, dastur orqali kiritilayotgan har bir ma’lumotning to‘g‘riligi va ijro hujjatidagi ma’lumotlarning mosligiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi