07:27 / 02.02.2022
1 831

Zafar Hoshimov Qosim-Jo‘mart To‘qayevning biznes va xayriya haqidagi gaplariga munosabat bildirdi

Zafar Hoshimov Qosim-Jo‘mart To‘qayevning biznes va xayriya haqidagi gaplariga munosabat bildirdi
«Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning fikrlariga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Avvalroq To‘qayev Qozog‘istondagi yirik tadbirkorlarni tanqid qilgan edi. U ayrim taniqli ishbilarmonlar mamlakat rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan xayriya tadbirida qatnashishga shoshilmayotgani haqida aytgan edi. - Bu ochko‘zlikmi, nigilizmmi, dangasalikmi yoki e’tiborsizlik?, — deb so‘ragan edi To‘qayev.

Bunga Hoshimov davlat soliqlarni joriy qilishi kerakligi va soliqlarni qonun bilan talab qilish huquqiga egaligini ta’kidlab o‘tdi.
- Agar kimdandir nimadir olib, kimgadir berish kerak bo‘lsa, qonunni qabul qilib, madaniyatli va qonunga muvofiq harakat qilish lozim, — dedi u.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra xayriyaga majburlash, jamiyatni yetuk va madaniyatli qilmaydi. «Korzinka»ning asoschisi korxonalar xayriya faoliyatini amalga oshirishi mumkinligini, lekin bu narsa faqat ixtiyoriy asosda bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
- Aytgancha, O‘zbekistonda xayriyaga majburlash taqiqlangan, — deya eslatib o‘tdi u.

Hoshimovning aytishicha bunday faoliyatning shakllari, kanallari va maqsadlarini korxonaning o‘zi belgilaydi.
- Qolgan barchasi reket, — deydi u.

Tadbirkor xayriyaga majburlash holatlari oldin O‘zbekistonda ham uchraganligini rad etmadi, lekin bu kabi holatlar hozir yo‘q bo‘lib ketganidan mamnun ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatlaridan biri.

Zafar Hoshimov har doim o‘z huquqlarini bilganini, lekin ulardan foydalanishga jur’at eta olmaganini aytib o‘tdi. Bundan tashqari u shaxsan o‘zi ishtirok etadigan ko‘plab korxonalarga, ulushi bo‘lmagan kompaniyalarga maslahatchi yoki mustaqil direktor sifatida yordam berishini va bir necha yillardan beri hech kim hech kimni majburlamasligini ta’kidlab o‘tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zafar Hoshimov Qosim-Jo‘mart To‘qayevning biznes va xayriya haqidagi gaplariga munosabat bildirdi