Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev boshchiligida 1 fevraldan boshlab tuzilgan ishchi guruh respublika oliy ta’lim muassasalarini kompleks o‘rganadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 28 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida OTMlar 23 ta mezon asosida tanqidiy va tahliliy o‘rganiladi.
Asosiy e’tibor oliy ta’limdagi islohotlar, ilm, fan va ishlab chiqarishdagi integratsiyalar, axborot-resurs markazlari faoliyati, moliyaviy, akademik mustaqillik berilgan ta’lim muassasalariga amaliy ko‘mak berish, ilmiy salohiyat, ta’lim jarayonining qay darajada tashkil etilgani, masofaviy ta’lim, kredit-modul tizimi, talabalar turar joylarida yaratilgan shart-sharoitlar, korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlari joriy etilgani kabi mezonlarga qaratiladi.
«Maqsad oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda raqobatbardoshligini oshirish, raqamli texnologiyalarni to‘liq joriy etish orqali ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish», — deyiladi xabarda.
O‘rganish jarayonidagi yutuqlar va tajribalar keng ommalashtiriladi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi. Barcha o‘rganishlar televideniye, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam yoritib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi 4 noyabr kuni oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini e’lon qildi. Reyting natijalariga ko‘ra, yetakchi o‘rinni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar