1 585
Buxoroda quruvchiga bergan 150 mln so‘m pulini qaytarib ololmagan fuqaro o‘zini yoqib yubordi
Buxoroda uy sotib olish maqsadida quruvchiga oldindan 150 million so‘m mablag‘ bergan fuqaro undan pullarini qaytarib ololmay, o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 1 fevral kuni Buxoro viloyati IIB navbatchilik qismiga peshkulik fuqaro F.H. o‘zini yoqib, tan jarohati olgani va bu haqda RSHTYOIM viloyat filialiga murojaat qilingani yuzasidan xabar kelib tushgan. Hodisa joyiga viloyat prokurorining o‘rinbosari, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i, Buxoro shahar prokurori va IIO FMB boshlig‘i hamda tergov-tezkor guruhi chiqgan.
Aniqlanishicha, Peshku tumanida yashovchi F.H. 2021 yil mart oyida quruvchi R.Sh.ga uy olish maqsadida oldindan 150 million so‘m pul mablag‘larini bergan. Lekin vaqt o‘tishiga qaramay, R.Sh. fuqaroga uyni rasmiylashtirib bermagan. F.H. juda ko‘p marotaba bu pul mablag‘larini qaytari berishini so‘ragan. Jumladan, 2022 yil 1 fevral kuni fuqaro quruvchiga yana takroran murojaat qilgan va R.Sh.dan rad javobini olgan. Shundan so‘ng fuqaro F.H. shu kuni taxminan soat 14:10 larda Buxoro shahridagi «Furqat» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘zining ustidan benzin sepib, yoqib yuborgan.
To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, F.H. o‘zini yoqib yuborgan paytida uning yonida o‘g‘li Z.A. bo‘lgan. Tibbiyot muassasasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, F.H. tanasining 50 foiz qismi kuygani ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar