Pandemiyadan so‘ng ilk marotaba tashkil qilingan Umra safari ziyoratchilarining birinchi guruhi 1 fevral kuni O‘zbekistonga qaytib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, dastlabki guruhda 250 nafar ziyoratchi bo‘lgan. Ayni kunlarda 1000 dan ortiq o‘zbekistonliklar Saudiyada bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik birinchi guruh ziyoratchilar shu yilning 22 yanvar kuni Umra ziyoratini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan edi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi pandemiya talablari, Saudiya Arabistonida 15 foizlik QQSning joriy qilinishi hamda narx-navo ko‘tarilgani sababli o‘zbekistonlik Umra ziyoratchilari uchun to‘lov miqdori oshirilgan, deya izoh bergandi.
Umra ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga 2022 yil 1 fevraldan har kuni bittadan reys, 10 fevraldan esa har kuni 2ta reys amalga oshirilishi ma’lum qilingan. Shuningdek, Ramazon oyi davomida kunlik reyslar soni 3tagacha oshirilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar