Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
O‘zbekistonning 3 ta hududda fuqarolarga yer maydonlari olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar S.M. va J.B. oldindan til biriktirib, «D.S.» hamda «A.S.» fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi faoliyati uchun ajratilgan 1,2 gektar yer maydonini fuqaro G.ga go‘yoki bo‘sh yer maydonligini aytib, maydonning 4 sotixini 200 million so‘mga sotishga kelishgani aniqlangan. Ular oldindan 10 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departament, Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpog‘iston boshqarmalari IIV bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.D. fuqaro I.ga tanishlari yordamida Nukus shahri Do‘stlik kanali bo‘yidan 5 ming dollar evaziga 6 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgani aniqlangan. U oldindan 20 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.D. Karmana tumani «Bog‘ishamol» mahallasi hududidagi tanishi A.ga tegishli 6 sotix yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan fuqaro N.ga sotishga kelishgani aniqlangan. U keyinchalik tanishlari orqali hokim qarorini chiqartirib berishini va’da qilgan holda xaridorga qalbaki hujjatlarni berib, evaziga 3 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot