Samarqandda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida 1,2 kilogramm giyohvand moddalar, 312 dona psixotrop dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.
Xususan, Urgut tumanida yashovchi S.Z.ning yashash manzilini ko‘zdan kechirish davomida 715 gramm opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan Spark avtomobili haydovchisi, Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi X.O‘.ning yonida 2,83 gramm opiy va 0,08 gramm geroin topilgan.
Yana bir tadbirda K.S., M.I. va N.B. ismli fuqarolar 0,5 kilogramm marixuana giyohvandlik moddasini Urgut tumani «Sariqtepa» mahallasi hududida mahalliy fuqaroga 1700 dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, Bulung‘ur tumanida yashovchi fuqarolar A.U. va T.J. Toshkent—Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Cobalt rusumli avtomashinada 200 dona «Zardeks» va 112 dona «Regopen» psixotrop dori vositalari borligini aniqlagan.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha huquqbuzarlarning harakati protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Barcha holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot