Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining «Urganch aeroporti» chegara bojxona postida 22 ming 900 dollarni beliga bog‘lab, olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘shni davlatga parvozi oldidan bojxonadan «yashil» yo‘lak orqali harakatlangan yo‘lovchilardan birining bezovtalanishi bojxona xodimlarining diqqatini tortgan.
Shundan so‘ng ushbu shaxs belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, kiyimlari ostida beliga maxsus tibbiy belbog‘ bog‘lab olgani aniqlangan. Belbog‘ga esa cho‘ntaklar tikilgan bo‘lib, ularda bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan 22 ming 900 dollar yashirilgan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan yo‘lovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shaxslarga 100 million so‘m ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutalarni O‘zbekistondan erkin olib chiqishlariga ruxsat etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi