18:40 / 06.02.2022
1 507

O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha milliy kengash tashkil etiladi

O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha milliy kengash tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni «Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Unga ko‘ra, xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan masalalarni hal qilish maqsadida milliy kengash tashkil etiladi.

Ushbu kengash raisi sifatida Shavkat Mirziyoyev, kengash raisi o‘rinbosari sifatida bosh vazir Abdulla Aripov belgilandi. Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov esa kengash kotibi bo‘ladi.

Kengash oldiga bir qator muhim vazifalar yuklatiladi. Xususan, milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida optimallashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish shular jumlasidan.

Shuningdek, o‘qituvchi kasbining maqomi va obro‘sini ko‘tarish, ularning moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash, samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, joriy va mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish va monitoringni olib borish, mazkur ishlarda zamonaviy texnologiyalar, energiya tejamkor materiallar qo‘llanilishini ta’minlash kabi vazifalarni bajarish kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha milliy kengash tashkil etiladi