Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish925
Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari fuqaroga yer olib berishni va’da qilib 50 ming dollarni olgan paytida qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat hokimi Murodjon Azimov ishtirokidagi apparat yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar beradi «Daryo».

Qayd etilishicha, Mirishkor tumani hokimining 2021 yil sentyabr oyidan beri Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan o‘rinbosari U.Ya. fuqaroga yer olib berishni va’da qilib, 80 ming dollar so‘ragan. 2022 yilning 5 fevral kuni so‘ralgan pulning 50 ming dollarini olayotgan paytida qo‘lga tushgan.

«Mirishkorda, Muborakda ‘uchastkavoy’ bo‘lib ishlagan, viloyat IIBda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan muttaham 80 ming dollar so‘rab, 50 ming dollar bilan qo‘lga tushgan», — degan viloyat rahbari.

Ta’kidlanishicha, viloyat hokimi mazkur ma’lumotni jamoatchilikka ochiqlab, Mirishkor tumani hokimi Sherali Sanayevga ham dakki bergan. Sherali Sanayev esa bu holat tuman uchun isnod bo‘lganini, hokimlik vakillarining yuzi yerga qaraganini bildirib, «Bizni aybimiz bu, huquq tartibot organlari bilan tizimli ishni yo‘lga qo‘yishni kelishib oldik. Va’da beraman endi bunday bo‘lmaydi», — degan.

Viloyat hokimi Murodjon Azimov bunga javoban Sherali Sanayevga toza yigit ekanini, lekin nazorat qilmaganini aytgan. Shuningdek, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Dolli Allayevga «bu sizning ham aybiz, nazorat qilmagansiz», deya tanbeh bergan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28-, 211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?