19:30 / 07.02.2022
1 046

MIB: qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 1 297 nafar fuqarolar ishga tiklanib, ularga 57,5 mlrd so‘mlik ish haqi undirib berildi

MIB: qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 1 297 nafar fuqarolar ishga tiklanib, ularga 57,5 mlrd so‘mlik ish haqi undirib berildi
Majburiy ijro byurosi tomonidan bugun soat 12-00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida brifing tadbiri tashkil etildi.

Brifingda jamiyatimizdagi ehtiyojmand fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida xabardor qilindi.

So‘nggi yillarda, mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, fuqaro-lar, tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar avvalo inson manfaati uchun qaratilgan.

Ayni paytda ham fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, ijro samaradorligini yanada oshirish, fuqarolari-mizning qonuniy manfaatlarini himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Ta’kidlash joizki, Byuro organlari tomonidan o‘tgan yil davomida jami 23,8 trln so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi. Amalda undiruv ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,7 trln so‘m yoki 1,6 barobarga o‘sdi.

Ijro tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha Respublika va hududiy kengashlar yordamida:
- 16 ming 968 nafar ehtiyojmand qarzdor fuqarolarning 9 ming 751 nafari ish bilan ta’minlandi, shuningdek,
- 39 nafariga imtiyozli kreditlar ajratildi,
- 366 ta holatda qarzlarni to‘lash muddati uzaytirildi,
- 6 ta qarzdor tashkilotni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida ularga investorlar jalb qilindi.

Oilaning jamiyatdagi o‘rni va uning muqaddasligi masalasida olib borilgan profilaktika va tushuntirish ishlari natijasida 23 ming 300 dan ortiq oilalar yarashtirildi.

Qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 1 297 nafar fuqarolar ishga tiklandi va ularga to‘lanmay qolgan 57,5 mlrd so‘mlik ish haqi undirib berildi.

Byuro organlari uchun doimo e’tiborda bo‘lib kelayotgan - “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolarimizga 453 mlrd so‘m mablag‘lar o‘tkazib berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 1 297 nafar fuqarolar ishga tiklanib, ularga 57,5 mlrd so‘mlik ish haqi undirib berildi