Energetika vazirligida ikki nafar xodimdan iborat boshqarma, to‘rt nafar xodimdan iborat bo‘lim bor. Bu haqda adliya vaziri Ruslanbek Davletov 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan an’anaviy yillik hisoboti davomida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Vazirning aytishicha, «davlat boshqaruvi ishi juda katta masala».
«U ko‘zga ko‘rinmaydi, lekin biz bilamiz. Bizda hokimliklar davlat siyosatini yuritmaydi. Davlat siyosatini vazirliklar yuritadi. Bu Konstitutsiyada, har bir vazirlikning nizomida yozilgan. Biz (Adliya vazirligi) davlat huquqiy siyosatini, Ta’lim vazirligi ta’lim siyosatini yuritadi», — deydi u.
Ruslanbek Davletov boshliqlar va ijrochilarning bir-biriga nisbati borligi haqida ham gapirdi.
«Bu ham ilmiy asoslangan, Garvardning standartlari bor — birga yetti bo‘lishi kerak, ya’ni bir rahbarga yetti xodim bo‘lishi kerak. Undan boshqasini boshqara olmaydi. Chunki xotirasi, imkoniyati yetmaydi. Optimal belgilangan narsa bu. «Bizda bittaga uchta ham to‘g‘ri kelmayapti. Ya’ni qariyb bitta ijrochiga ikkita rahbar to‘g‘ri kelyapti. Ijrochilar kam, rahbarlar ko‘p. Energetika vazirligida ikki nafar xodimdan iborat boshqarma, to‘rt nafar xodimdan iborat bo‘lim bor. Umuman mezonlar yo‘q», — deya qo‘shimcha qiladi Ruslanbek Davletov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi