19:33 / 08.02.2022
1 022

Giyohvand ozodlikdan mahrum etildi

Giyohvand ozodlikdan mahrum etildi
Giyohvandlik asr vabosi! Darhaqiqat bu illatning qanchalik dahshatli ekanligi uning necha-necha oilalarning yostig‘ini quritganligi, qanchadan qancha begunoh go‘daklarning nogiron bo‘lib tug‘ilishi va ularning yetim o‘sishiga sababchi bo‘layotganligi bunga dalolatdir.

Biroq giyohvandlik ta’siriga tushgan inson borki, ortga qaytishga yo‘l topolmay, jinoyat ko‘chasiga kirib qolishi ham afsuski haqiqatdan yiroq emas.

2021 yil dekabr oyining 20 kunida, jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudi ochiq sud majlisida sudya Z.Ibragimovning raisligida sudlanuvchi S.N.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi S.N. Navoiy viloyati IIB JQB xodimlari, Nurota tumani IIB JQB xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi DXX Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Nurota tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan “qoradori-2021” tadbiri davomida, 2021 yil 23 sentyabr kuni soat 13:30larda uning Nurota tumani, “Ibn Sino” MFY, Al-Farg‘oniy ko‘chasi, 12-uydagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda uning yashash uyi yerto‘lasi ichida kelgusida qonunga xilof ravishda o‘tkazish maqsadini ko‘zlab saqlab kelgan, bir dona oq rangli polietelin qopga solingan, Navoiy viloyati IIB EKBning 24.09.2021 yildagi 155-sonli kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, yashil rangli, o‘tkir hidli, quruq holdagi tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan, umumiy og‘irligi 97 (to‘qson yetti) grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “marixuana” giyohvandlik moddasi topilgan.

Bundan tashqari, uning yashash uyi molxonasi ichidan oshxona yelim idishiga solingan va molxona ustunlariga ilib qo‘yilgan, Navoiy viloyati IIB EKBning 24.09.2021 yildagi 156-sonli kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, yashil rangli, o‘tkir hidli, quruq holdagi tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan, og‘irligi 93 (to‘qson uch) grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi marixuana giyohvandlik moddasi, shuningdek, uning yashash uyi molxonasida suv solishga mo‘ljallangan idish ichida saqlangan, Navoiy viloyati IIB EKBning 24.09.2021 yildagi 157-sonli kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, 11 dona turli kattalikdagi selofan paketlarga solingan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quruq holdagi tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan, umumiy og‘irligi 1730 (bir ming yetti yuz o‘ttiz) grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi marixuana giyohvandlik moddasi mavjudligi aniqlanib tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, Navoiy viloyati IIB JQB xodimlari, Nurota tumani IIB JQB xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi DXX Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Nurota tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, 2021 yil 23 sentyabr kuni soat 13:30 larda S.N ning Nurota tumani, “Ibn Sino” MFY, Al-Farg‘oniy ko‘chasi, 12-uydagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, u yashash uyi molxonasi ichida 35 kv/metr ekin maydonini tayyorlab, ekin maydoniga maxsus ishlov berib, ushbu ekin maydoniga Navoiy viloyati IIB EKBning 24.09.2021 yildagi 158-sonli kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, bo‘yi 210 sm.dan 260 sm.gacha bo‘lgan, yashil rangli, daraxtsimon, nam holdagi 5 (besh) tup kannabis o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab, yetishtirib kelgani aniqlangan.

Sud ish hujjatlarini atroflicha o‘rganib chiqib, dalillarga baho berib, sudlanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Sud majlisida ishtirok etgan sudlanuvchi S.N ning turmush o‘rtog‘i qattiq tushkun kayfiyatida ko‘ziga yosh olib sud zalini tark etdi.
Endi u farzandarini yolg‘iz tarbiyalashga majbur. Chunga S.N ni qilmishiga yarasha jazo kutmoqda.

Zafar Ibragimov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Nurota tuman sudi raisi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvand ozodlikdan mahrum etildi