Samarqandda «Jiguli» yonib ketdi

Samarqandda «Jiguli» yonib ketdi
Foto: Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Samarqand shahrida 8 fevral kuni avtoturargohdagi «VAZ-2016» avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 11:38 da Ko‘ksaroy maydoni avtoturargohida to‘xtab turgan «Jiguli»da yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 11:40 da yetib borib, yong‘in soat 11:43 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida avtomashinaning oldi motor va salon qismi qisman yonib zararlangan. Hodisadan halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar