23:52 / 08.02.2022
1 135

O‘qituvchilarning obro‘sini ko‘tarishga qaratilgan qonun nega kechikayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘qituvchilarning obro‘sini ko‘tarishga qaratilgan qonun nega kechikayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Adliya vazirligi 2020 yil noyabr oyida “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan edi. Loyihada o‘qituvchilarga qator yengilliklar berish, xususan ularga 5 yil ertaroq pensiyaga chiqish huquqini berish ko‘zda tutilgandi.

7 fevral kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletovning yillik hisobot tarzidagi matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri mazkur qonun loyihasining kelgusi taqdiri bilan qiziqdi. Vazirning aytishicha, loyiha Vazirlar Mahkamasida turibdi.

2020 yilda “Pedagog xodimlarning maqomi” to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdik, Vazirlar Mahkamasida turibdi. Bu yerda qo‘shimcha kafolatlar masalasida yana muammo bo‘lyapti, pul bilan bog‘liq.

Bilasizlar, [pedagoglarning] oyligini oshirishga juda katta e’tibor bo‘lyapti. Shuning uchun bu sohaga har bitta qo‘shimcha e’tibor mablag‘ni taqozo qiladi. 500 mingta o‘qituvchi ishlaydi, u masala pul bilan bog‘liq bo‘lgani uchun hozir Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilyapti
”, – dedi adliya rahbari.

Ma’lumot uchun, “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida” qonun qabul qilish 2022 yilgi davlat dasturiga kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qituvchilarning obro‘sini ko‘tarishga qaratilgan qonun nega kechikayotgani ma’lum bo‘ldi