
Endilikda umra ibodati uchun reyslar har kuni 2 martadan amalga oshiriladi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar qilmoqda.
«Yurtdoshlarimining talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan Umra safari uchun reyslarni oshirish amaliy qadamlar tashlandi.
Shu yilning 10 fevralidan boshlab, muborak zaminga umra ibodati uchun reyslar har kuni 2 martadan amalga oshiriladi»,—deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 22 yanvar kunidan boshlab o‘zbekistonliklar umra ziyoratini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Umra ReyslariO‘zbekiston MusulmonlariDin IshlariTalab Va IstaklarMuborak ZamingaAmaliy Qadamlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar