20:32 / 10.02.2022
1 125

Angrenda erkak ayolning mashinasiga o‘t qo‘yib yubordi

Angrenda erkak ayolning mashinasiga o‘t qo‘yib yubordi
Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Angren tumanida mashina yoqib yuborilgani haqidagi videolavha tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 24 yanvar kuni Angren shahrida yashovchi D.X ismli ayol (1981 yilda tug‘ilgan) 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, uyi oldida turgan Diloboda star MCHJga tegishli Spark avtomashinasining orqa qismiga noma’lum shaxs yoqilg‘i sepib, yoqib ketganini ma’lum qilgan.

«Assalomu alaykum. Sizlarga chorasizligimdan murojaat qilyapman. Angren shaxrar IIBda umuman xaqikat yuq. IIB xodimlari tekinga ishlayotgan xodimlarga o‘xshaydi faqat tanish bilishchilik bo‘lib ketdi jinoyat yashirish bilan ovvora hammasi. Chunki orqasida IIB kuratorlari turibdi. 2021 yilning 27 dekabr kuni avtomashinamni yo‘l chekkasida chaqalog‘imni emizish maqsadida to‘xtatganimda menga xujum bo‘ldi 2 kishi tomonidan. 8 yoshli qizim yig‘lashiga qaramasdan bosim qilishda davom etishdi. 2022 yilning 24 yanvar kuni uyim oldida avtomashinamga benzin kuyib yoqib yuborishdi. Kuzatuv kamerasida xammasi bor. Lekin xanuzgacha IIB xodimlari telefonimga, arizalarimga xam javob berishmayapti. Qo‘rkuv ostida farzandlarim bilan yashab kelyapman», — deya murojaat yo‘llagan ayol.

Videodan lavha
Xabarga asosan Angren shahar IIB tergov-tezkor guruhi hodisa joyiga yetib borgan. Ko‘zdan kechirish jarayonida avtomashinaning orqa tomon bamper qismi va chap tomon orqa chirog‘ining bir qismi yonib, shikastlangani aniqlangan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida Spark avtomashinasini F.Y. ismli erkak (1987 yilda tug‘ilgan) yoqib yuborgani aniqlangan va gumonlanuvchi ushlangan.

Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida gumonlanuvchi F.Y. murojaat egasining ukasi bilan birgalikda tadbirkorlik qilishni va’da qilib, gumonlanuvchidan jami 15 ming 500 dollar pullarni olib, hozirga qadar qaytarmay, yashirinib yurganini bildirgan.

Ushbu holatni uning opasi, murojaatchi D.X.ga bir-necha marotaba aytganini, keyinchalik uning pullariga mashina sotib olingan degan gumon bilan mashinaning orqa qismiga yoqilg‘i sepib, yoqib yuborganini yozib ko‘rsatgan.

Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Gumonlanuvchi F.Y. sodir etgan harakat oqibatida Diloboda star MCHJga tegishli Spark avtomashinasiga 8 million so‘m miqdorida shikast yetkazilgan.

Voqea yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Angren shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda erkak ayolning mashinasiga o‘t qo‘yib yubordi