20:52 / 10.02.2022
2 262

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda 10 nafar rahbarni ishdan oldi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda 10 nafar rahbarni ishdan oldi
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Qayd etilishicha, o‘ta tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda davlat rahbari viloyatdagi sektorlar va tegishli mutasaddilar juda sust ishlayotganini ko‘rsatib o‘tgan.

Faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun:
- Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov;
- Nurobod tumani hokimi F.Zairov;
- Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari O.To‘xtayev,
- Oqdaryo tumani prokurori D.Kubayev;
- Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari J.Qodirov, F.Gafarov va D.Ibragimov;
- Urgut va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari A.Almazov va M.Ergashev;
- viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari G‘.Mamatqulov ishdan olingan.

Ularning ba’zilariga nisbatan to‘plangan, shu jumladan, korrupsiya holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida jinoiy ish ochish masalasi o‘rganib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Samarqandda 10 nafar rahbarni ishdan oldi