17:00 / 11.02.2022
1 309

DXX Farg‘onada 24 yashar fuqaroni qo‘lga oldi

DXX Farg‘onada 24 yashar fuqaroni qo‘lga oldi
Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1998 y.t. «R.Sh.» o‘zining uyali telefonidagi Telegram messenjerida akkaunt yaratib, u orqali diniy mavzuga ixtisoslashgan kanallarga a’zo bo‘ladi.

So‘ngra ushbu kanallarda Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning «jihod»ga chorlovchi ma’ruzalarini hamda «Turkiston islom harakati» terroristik tashkilotiga tegishli audio-videomateriallarni yuklab oladi. Shuningdek, ularni Qo‘qon shahrida yashovchi tanishlariga ham tarqatadi.

DXX xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda mazkur shaxs qo‘lga olinib, uning mobil telefoni protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza xulosasiga ko‘ra, «R.Sh»ning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida uning maslakdoshlarini aniqlash bo‘yicha ham tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Farg‘onada 24 yashar fuqaroni qo‘lga oldi