Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 7 fevral kuni ikki erkak tanishining Lacetti mashinasiga yoqilg‘i sepib, yoqib yubordi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, 7 fevral kuni soat 02:58 da noma’lum shaxs G‘ijduvon tumani Ahmad Donish ko‘chasidagi uy oldida turgan B.F. (37 yoshli)ga tegishli Lacetti’ga tez yonuvchan yoqilg‘i sepib, avtomashinani yoqib yuborgan. Mashinani qasddan nobud qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi «b» bandi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida jinoyatni G‘ijduvon tumanida yashovchi R.A. (33 yoshli) va Y.A. (45 yoshli) sodir etgani aniqlangan.
Jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda R.A. bir ko‘chada yashovchi jabrlanuvchi B.F. bilan bir necha kun oldin o‘zaro kabutar ustida janjallashgani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng tanishi Y.A. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda tungi soat 02:50 atrofida 42 ming so‘m evaziga 5 litr hajmdagi yelim idishga benzin sotib olgan va uy oldida turgan avtomashinani yoqib yuborgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vazirlik va idoralar xodimlari soni qisqartirilmoqda
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Maqsadimizga, orzumizga hali yetmadik"
Eron yaqin kunlarda Isroilga «halokatli zarbalar» bermoqchi
Xitoy tovushdan tez uchuvchi yo‘lovchi samolyotni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Putinning maslahatchisi yadro qurolini “Xudoning tuhfasi” deb atab, undan foydalanishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga 5,5 mlrd dollarlik qurol yetkazib bergani aytilmoqda
Qodirov harbiy universitetga hujum uchun Ukrainаdan qasos olishga va’da berdi