Qashqadaryo viloyati Muborak tumani IIB boshlig‘i X.B. qamoqqa olingan. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati rahbari Sohib G‘aybullayev xabar berdi.
«Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan Muborak tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Yodgor To‘ymurodov ham hokim topshirig‘iga ko‘ra, bugun, 12 fevral kuni tuman IIB boshlig‘ini izlab, topolmaganini aytgan. «Daryo» manbasi esa tuman IIB boshlig‘i X.B. kecha, 11 fevral kuni viloyat prokuraturasiga chaqirilib qaytib kelmaganini, u fuqaroga yer olib berishni va’da qilib, 50 ming dollar bilan qo‘lga olingan hokim o‘rinbosari masalasiga aloqasi borligi taxmin qilinayotganini bildirgan.
«Men ham tuman IIB mas’ullari bilan gaplashganimda, ular IIB boshlig‘i kecha viloyat prokuraturasiga ketganini, hali ishga kelmaganini aytishgandi», — deydi «Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan Muborak tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Yodgor To‘ymurodov.
Eslatib o‘tamiz, fuqaroga yer olib berishni va’da qilib 50 ming dollar bilan qo‘lga olingan Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari, tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i U.Ya. hokimlikka o‘tgunga qadar viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"