19:58 / 12.02.2022
1 442

Mahalla vaziri Samarqand viloyat IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Mahalla vaziri Samarqand viloyat IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi «Daryo» nashri.

Qayd etilishicha, ayni kunga qadar viloyat IIBga rahbarlik qilib kelgan Shavkat Rahmonov boshqa ishga o‘tgan. Ammo uning aynan qaysi lavozimga tayinlangani haqida ma’lumot yo‘q.

Rahmat Mamatov.
Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Rahmat Mamatov 1967 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, 1991 yil Qarshi davlat universitetini, 2000 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

U vazirlikka qadar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari — «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi lavozimida ishlab kelgan. Rahmat Mamatov faoliyati davomida, shuningdek, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahalla vaziri Samarqand viloyat IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi