Sirdaryoda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Sirdaryoda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 12 fevral kuni soat 12:10 larda, M-34 Toshkent-Dushanbe avtomobil yo‘lining Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi qismida yuk mashinasi ag‘darilib ketgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi M.V. Isuzu rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, noqulay ob-havo sababli boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda transport vositasi ag‘darilgan.

Qayd etilishicha, Mazkur YTHda hech kim tan jarohati olmagan. Hodisa yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar