Xalq ta’limi vaziri Marhamat tumanida ota-onalar oldida uzr so‘rashga majbur qilingan o‘qituvchilar bilan uchrashish maqsadida Andijon viloyatiga bordi.
Vazir o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, ularning ruhiyatini ko‘tarar ekan, bugun ularning obro‘si va qadr-qimmati Davlatimiz siyosati darajasidagi muhim masala ekanligi va ularni obro‘sizlantirishga hech kim haqli emasligini qayd etdi hamda yuz bergan holatni ustoz sha’nini yerga urish deb baholadi:
— Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarni ulug‘lash masalasini Davlat siyosatining eng yuqori darajasiga olib chiqib, o‘qituvchi jamiyatimizning eng hurmatli insoni bo‘lishi ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab kelmoqda. Shunday ekan , o‘qituvchini hafa qilishga hech kimning haqqi yo‘q. O‘qituvchi qadrlanmagan yurtning ertasi bo‘lmaydi. Shunday ekan, bugun har birimiz, hattoki o‘qituvchilarning o‘zi ham sha’ni va obro‘sini oshirish uchun harakat qilishi zarur, — dedi Baxtiyor Saidov o‘qituvchilar bilan uchrashuv chog‘ida.
Uchrashuv so‘ngida o‘qituvchilarning fikrlarini tinglagan vazir ular bilan maslahatlashgan holda mazkur holatga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga albatta chora ko‘rilishi alohida qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq ta’limi vaziri holatni nafaqat o‘qituvchilarning sha’nini yerga urish, balki davlat siyosatiga qarshi amalga oshirilayotgan harakat deb baholagandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi