Foto: O‘zA.
DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari fuqaro A.A.ga nisbatan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallar bilan tanishish asnosida uning qonunga zid harakatlarini aniqladi, deya yozmoqda O‘zA.
Boshqarma xodimlari tomonidan amalga oshirgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.A.ning «Redmi 6A» rusumli telefon apparati ko‘zdan kechirildi. «Instagram» ijtimoiy tarmog‘idagi uning profili mavjud bo‘lib, juda ko‘plab diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib tarqatgani aniqlandi.
Tarqatilgan materiallar tekshirib ko‘rish uchun DVD+R diskka ko‘chirib olinib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yuborilgan.
Qo‘mitaning ekspertlik xulosasida A.A.ning «Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida tarqatgan videomateriallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish taqiqlanishi ma’lum qilindi.
A.A.ning harakatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining alomatlari mavjudligini inobatga olib hamda Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddalari talablarini qo‘llab, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-kismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi