Xurram Jo‘rayev.
Foto: Chiroqchi tumani hokimligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 fevralda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash o‘ta muhim va kechiktirib bo‘lmas masala sifatida o‘rtaga tashlanib, o‘tgan yili mamlakatda sodir etilgan YTHlarda 9 mingdan ortiq fuqaro jarohatlangani, 2,5 mingga yaqin odam, shu jumladan, 263 nafar bola halok bo‘lgani katta fojia ekani ta’kidlandi.
Mazkur holatni tanqid qilgan prezident Chiroqchida 43 ta, Namangan shahrida 42 ta, Yangiyo‘l tumanida 34 ta, Urgutda 28 ta, Andijon tumanida 20 ta avariyada odamlar hayotdan bevaqt ko‘z yumganini gapirib, ushbu tuman va shahar hokimlari, ichki ishlar boshliqlari va prokurorlari ishdan olinib, uch oy sinov muddati berilganini ta’kidladi.
«Daryo» muxbiri Chiroqchi tumani hokimi Xurram Jo‘rayev bilan suhbatlashib, prezident tanqididan qanday xulosa chiqargani bilan qiziqdi.
«Prezidentimiz bu borada haq va ayni haqiqatni gapirdi. Biz rahbarlarning aybimiz bor. Tanqiddan to‘g‘ri xulosa qilib, kamchiliklarimizni bartaraf etamiz», — deydi Chiroqchi tumani hokimi Xurram Jo‘rayev.
Xurram Jo‘rayev tumanda sodir bo‘lgan YTHlarni tahlil qilib chiqqanida, YTHlarning 85 foizi chekka viloyat haydovchilari ishtirokida sodir bo‘layotganini ma’lum qilmoqda.
«Chiroqchi hududi juda katta. Tumanda davlat ahamiyatiga ega 106 kilometr yo‘l bo‘lsa, respublika ahamiyatiga ega 200 kilometr yo‘l bor. Shu bois tumanimizdagi yo‘llardan juda ko‘plab transport vositalari qatnaydi. Ayniqsa, Umakay postidan Surxondaryoga o‘tib ketishda Yettitom hududidan o‘tgan yo‘llarda odam o‘limi bilan bog‘liq ko‘plab YTHlar sodir etilmoqda. Toshkentdan qaytayotgan surxondaryolik haydovchi Qashqadaryoga kirib kelganda judayam kech bo‘lib ketayotganidanmi, rulda uxlab qolyapti. Oqibatda aynan Chiroqchi tumani hududidagi yo‘llarda YTHlar sodir etilib, tumanda YTHlar sonining ortishi va ularning oqibatida vafot etganlar sonining ko‘payishiga olib kelmoqda», — deydi Xurram Jo‘rayev.
Xurram Jo‘rayev prezident tanqididan so‘ng tumandagi YPX xodimlari faoliyatini ham tahlil qilganini aytmoqda.
«Tumanimiz katta bo‘lishiga qaramasdan, YPX bo‘limi boshlig‘i, o‘rinbosari va xodimlari bilan birgalikda atigi 13 nafar xodim ishlaydi. Shu ishchilarning 10 nafari aynan Chiroqchi tumanidan. Shu sabab viloyat hokimiga taklif kiritib, Chiroqchida ishlashi ko‘zda tutilgan 13 nafar YPX xodimining barchasini boshqa tumanlardan olib kelishni taklif qildim. Aslida, chiroqchilik bo‘lgan xodim eng zarur paytda uyiga ketib qolishi mumkin. Biz buni bilmaymiz ham. Shuning uchun boshqa tumanlardan kelib ishlasa, aynan shu yerlik xodimga nisbatan ko‘proq va yaxshiroq ishlagan bo‘lardi, dedim. Taklifim viloyat hokimiga ma’qul keldi. Endi shu usulni ham qo‘llab ko‘rmoqchimiz», — dedi Xurram Jo‘rayev.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi avvalida 2021 yilning 11 oktabr kuni qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashgandi. Uchrashuvda prezidentlikka nomzod sifatida saylovchilar bilan ko‘rishgan Shavkat Mirziyoyev Chiroqchi hududi kattaligi, viloyatning qariyb yarim million aholisi shu hududda yashashini, tuman markaziga yetib olish 2–3 soat vaqt talab etishini inobatga olgan holda tuman negizida Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarini tashkil etish taklifini bildirgandi. Shuningdek, Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 2021 yil 18 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, Chiroqchi tumanidagi 32 ta mahalla yangi tashkil etiladigan Ko‘kdala tumaniga o‘tkazilishi ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi