
Foto:«Daryo»
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov o‘tkazgan majlisda Marhamat tumanidagi 72-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabidagi uzrbozlik ortidan tuman hokimi o‘rinbosari Muxtor Qurbonov ishdan olindi.
Marhamat tumani hokimi Bobur Yuldashevga esa hayfsan berilgan. Ushbu hokim hodisa suratlari tarqalgach o‘qituvchilardan uzr so‘rab chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Marhamatdagi o‘qituvchilarning uzr so‘ragani surati tarqalgandi.
Mazkur voqea jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi, Xalq ta’limi vaziri tashabbuskorlar jazolanishini aytgandi.
Andijon ViloyatiMarhamat TumaniO‘qituvchilar UzrHokim O‘rinbosariJamoatchilik NoroziligiXalq Ta’limi Vaziri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar