19:19 / 15.02.2022
895

Beshariqda ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilmoqda

Beshariqda ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilmoqda
Majburiy ijro byurosining Beshariq tumani bo‘limida 1876 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 1876 nafar qarzdorlardan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, mazkur ijro ishlari sektorlar kesimida ro‘yxati shakllantirilgan.

Ishsiz qarzdorlar ro‘yxati alohida shakllantirilib, ularni ishga joylashtirish yuzasidan tuman aholini ish bilan ta’minlash mehnat bandligiga ro‘yxati taqdim etilgan.

Byuro tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, joriy yilning o‘tgan 45 kun mobaynida hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasiga ko‘ra, 28 nafar qarzdorlar ishga joylashtirildi, 44 nafar aliment to‘lovchi qarzdorlar oilasi bilan yarashtirildi.

Jumladan, FIB O‘zbekiston tumanlararo sudining 17.09.2021 yilgi qarzdor D.Sh.dan undiruvchi Z.N.ning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish haqidagi hamda ushbu sudning 12.11.2013 yilgi qarzdor X.A.dan undiruvchi X.S.ning bir nafar voyaga yetmagan farzandini ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha byuro tomonidan olib borilgan tushuntirishlar natijasida 14.02.2022 yil kuni har ikki oila yarashib olishdi va ijro ishlari tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Beshariqda ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilmoqda