Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati Toyloq tumanida haydovchilik guvohnomasining toifasini o‘zgartirib berish uchun pul so‘ragan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 14 fevral kuni fuqaro A. Samarqand viloyati IIB YHXBga o‘zining «B, C» toifali haydovchilik guvohnomasini «BЕ, CЕ» toifali haydovchilik guvohnomasiga almashtirish maqsadida borganida, IIOga aloqasi bo‘lmagan Sh. ismli shaxs shu yerda ishlovchi tanishlari orqali 900 ming so‘m evaziga yangi «BЕ, CЕ» haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytganini bildirib, ariza bilan murojaat qilgan.
Arizaga asosan, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, Toyloq tumani «Davlatobod» qishlog‘ida yashovchi, X.Sh. ariza muallifidan 900 ming so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, rasmiylashtirilgan.
Hozirda X.Sh.ga nisbatan Toyloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi va 28, 211-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari, pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Samarqand viloyati IIBga Payariq tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Ishtixon tumanida yashovchi R.A. ismli shaxs o‘zining xususiy avtomaktabi borligini, 20 kun muddatda «B va C» toifali haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan imtihondan o‘tkazib, olib berishni va’da qilganini bildirgan. Buning evaziga u 1000 dollar pul so‘ragan.
Arizaga asosan, 8 fevral kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Oqdaryo tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida R.A. ariza muallifidan 500 dollar miqdordagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi