15:47 / 17.02.2022
859

Omikron shtammining 6 ta yashirin simptomlari haqida ma’lumot berildi

Omikron shtammining 6 ta yashirin simptomlari haqida ma’lumot berildi
Foto: Global Look Press
Koronavirusning omikron shtammi burunda emas ichaklarda joylashishi mumkin. Bu haqda ZOE Covid Symptom Study professori Tim Spektorga tayanib, The Sun nashri xabar berdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, infeksiyaga chalingan odamlarda faqat oshqozon-ichakka oid simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Ular orasida: ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i va shishi, jig‘ildon qaynashi va diareya kabi belgilar kuzatiladi.

Ushbu alomatlarni o‘zida sezgan odamlarga shifokorlar zudlik bilan o‘zini izolyatsiya qilish va koronavirusni aniqlovchi testdan o‘tishni tavsiya qiladi.

Avvalroq AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi olimlari omikron shtammini yuqtirgan odamlar terisida sezila boshlagan simptomlar haqida xabar qilgandi. Olimlar omikronning kasallik belgilarini teridagi toshmalar, terining quruqlashishi va rangi o‘zgarishi bilan bog‘lagan.

Mutaxassislar, shuningdek, lablarning qurishi, og‘rishi, quyosh nuridan eng ko‘p ta’sirlanadigan bo‘yin terisi va ko‘krak old qismidagi terining quruqlashishiga e’tiborsiz bo‘lmaslikka chaqirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Omikron shtammining 6 ta yashirin simptomlari haqida ma’lumot berildi