Foto: Prezident matbuot xizmati
Muzaffar Baxtiyor o‘g‘li Ahmadjonov Namangan shahar hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Muzaffar Ahmadjonov 1993 yil 1 avgustda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2016 yil Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. Mehnat faoliyatini 2016 yilda Namangan shahar hokimligi huzuridagi «Kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyasi»da bosh mutaxassis sifatida boshlagan. Keyinchalik shahar hokimligining investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limida mas’ul vazifada ish olib borgan.
Muzaffar Ahmadjonov
Tayinlovga qadar, ya’ni 2021 yil fevral oyidan buyon Namangan shahridagi «Dashtbog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan edi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur mahallaga kelib, respublikadagi eng yosh mahalla raisi faoliyatiga yuqori baho bergan. O‘tgan yilning iyun oyida u «Yoshlar kuni» munosabati bilan Davlatimiz rahbarining farmoniga ko‘ra «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, hokim o‘rinbosari Muzaffar Ahmadjonov lavozimiga ko‘ra, shahar investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i ham hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi