1 011
Toshkentda qoida buzgan Equinox haydovchisi YPX xodimlarini haqorat qilib, janjallashdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Bektemir tumanida 17 fevral kuni haydovchi va yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgani aks etgan videolavha tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 11:00 larda tumanning THAY ko‘chasi yoqasida joylashgan «Qo‘yliq» qurilish mollari bozori yaqinida Equinox avtomobili haydovchisi to‘xtash taqiqlangan joyga to‘xtagan. YPX xodimi haydovchiga transport vositasini avtoturargohga qo‘yish bo‘yicha ogohlantirish bergan.
Haydovchi xodimning murojaatiga e’tibor qaratmay, bozor ichiga kirib, taxminan, 5-10 daqiqada avtomobilining yoniga qaytib kelgan. YPX xodimi haydovchiga murojaat qilib, qoidani buzganini aytgan va tegishli me’yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so‘ragan. Haydovchi qonuniy talabni bajarmasdan, avtomobilni boshqarib ketgan va taxminan, 500 metr masofa uzoqlikda xizmat olib borayotgan yana bir YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan.
Haydovchi o‘zaro muloqot jarayonida haydovchi YPX xodimlarini turli so‘zlar bilan haqoratlab, qonuniy talabni bajarmaslikda davom etib, faol qarshilik ko‘rsatgan.
YPX xodimlari tomonidan V.P. (1982 yilda tug‘ilgan)ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6 (transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi) hamda 194-moddalari (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
«To‘plangan hujjatlarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudiga yuborish choralari ko‘rilmoqda. Jarayonlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi