Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining kirish eshigi oldida noma’lum shaxs shu binoda yashab, fuqarolarni qo‘riqlaydigan itni otib tashladi. Bu haqda «Mehr va oqibat» jamiyati xabar qildi.
Qayd etilishicha, tashkilot direktori nomiga Navoiy shahrida yashovchi fuqaro L.T. tomonidan murojaat kelib tushgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxs uzoq vaqt davomida ko‘p qavatli uyning kirish qismida yashagan va hech kimga noqulaylik tug‘dirmagan, «yaxshi va mehribon» itni miltiq bilan otib tashlagan. Fuqaroning keltirishicha, barcha qo‘shnilar hayvonini yaxshi ko‘rgan va ularni begona odamlardan himoya qilgani uchun qadrlagan.
Murojaatga asosan 13 fevral kuni jamiyat vakili G.Saldiyeva va ko‘ngilli O.Abdullayev voqea joyiga borgan. Guvohlar shu kuni noma’lum shaxs ularning uyi oldida miltiqda kelib, itni quvlaganini aytgan. Keyin u hayvonni ko‘p qavatli uy eshigi oldida yosh bolalar ko‘z o‘ngida otib tashlagan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, erkak shu uyda yashovchi fuqarolarga hech qanday guvohnoma ko‘rsatmagan. Shunchaki itni Damas mashinasiga ortib, ketib qolgan.
«Mehr va oqibat» jamiyati vakillari fuqaroga qonuniy chora ko‘rish uchun Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza yozgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi