Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Samarqand shahrida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro N.Yu. dori vositalarini dorixona va ularning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlagani aniqlangan. U fuqaro M.ga xorijda ishlab chiqarilgan COVID-19 infeksiyasini davolashda keng qo‘llanadigan «Remdesivir» nomli dori vositasini har birini 350 ming so‘mdan sotishga kelishgan. N.Yu. mazkur dori vositalarining 500 donasini 16,3 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?