15:02 / 18.02.2022
1 292

Namanganda 1-sinf o‘quvchilarini izza qilgan sinf rahbari ishdan olindi

Namanganda 1-sinf o‘quvchilarini izza qilgan sinf rahbari ishdan olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi maktablardan birining dars qilmasdan kelgan 1-sinf o‘quvchilari doskaga chiqarilib, izza qilingani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holatga munosabat bildirib, ushbu sinf rahbari ishdan olinganini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganilgan. O‘rganish davomida Uchqo‘rg‘on tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-«v» sinf rahbari Sh.M. o‘qish darsi paytida sinfdagi 6 nafar o‘quvchi uy vazifasini tayyorlamagani va daftarlari qolib ketgani sababli bunday holat qaytarilmasligi hamda boshqa o‘quvchilarga saboq bo‘lishi uchun doska oldiga chiqartirib, qolgan o‘quvchilarga «uyat» deb gapirtirib, izza qildirgani aniqlangan.

Bu jarayonlarni o‘zi uyali telefoniga tasvirga olib, ikki nafar o‘quvchi ota-onasining Telegram’iga jo‘natgan. Sinf rahbari Sh.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Mehnat kodeksining 181-moddasi (intizomiy jazolar) 1-bandiga ko‘ra, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani uchun ta’lim muassasasi direktori O.M., ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Y.A.ga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.I. jiddiy ogohlantirilgan.

«Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi ta’lim-tarbiya borasida bunday holatlarni qo‘llash umume’tirof etilgan mezonlarga mutlaqo zid deb baholaydi hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi chora-tadbirlar ko‘rib boradi», — deyiladi munosabatda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 1-sinf o‘quvchilarini izza qilgan sinf rahbari ishdan olindi