16:29 / 18.02.2022
894

Shavkat Mirziyoyev Yangihayotdagi qandolat korxonasini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Yangihayotdagi qandolat korxonasini borib ko‘rdi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Davlatimiz rahbari mahallalar hayoti, sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumanida bo‘lib turibdi.
Prezidentimiz dastlab «Almerro grup» mas’uliyati cheklangan jamiyatining qandolat korxonasini ko‘zdan kechirdi.

Umumiy qiymati 70 milliard so‘m bo‘lgan ushbu korxona ikki bosqichdan iborat. O‘tgan yili noyabrda birinchi bosqichi ishga tushirilgan. Yangi bino qurilib, Turkiyadan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati.
Bugungi kunda korxona yiliga 2 ming tonnaga yaqin qandolat mahsulotlari tayyorlash quvvatiga ega. Bu yerda shokolad, konfet, pechene, vafli kabi 95 turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. 120 kishi ish bilan ta’minlangan.

Davlatimiz rahbari qandolat mahsulotlari sifatini ko‘rdi.

- Sifati yaxshi, chet elniki bilan bemalol raqobatlasha oladi. Faqat narxni tushirish bo‘yicha yana imkoniyat bor. Masalan, import qilinayotgan qo‘shimchalarni xomashyo shaklida olib, shu yerning o‘zida tayyorlash yo‘lga qo‘yilsa, tannarxni 10-15 foiz arzonlashtirish mumkin. Shunda mahsulotlar yaxshi sotilib, qo‘shimcha ish o‘rinlari ochish imkoniyati paydo bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Korxonaning ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirilganidan so‘ng yillik quvvat 10 ming tonnaga yetadi. Mahsulotlarning bir qismini qo‘shni davlatlar va Mo‘g‘ulistonga eksport qilish mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Yangihayotdagi qandolat korxonasini borib ko‘rdi