Foto: «Daryo» / Ma’murjon Obrahmatov
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yangihayot tumanida joylashgan «Do‘stlik» mahallasiga tashrif buyurgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Davlat rahbari mahallani ko‘zdan kechirish vaqtida ko‘p qavatli uyning devoriga chizilgan «Do‘stlik ramzi» muraliga e’tibor qaratgan.
«Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar? Bu mural ham odamning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi», — degan prezident mas’ullarga.
Shavkat Mirziyoyev mas’ullardan bu kabi murallar qachondan boshlanganini so‘ragan. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bu turdagi devoriy murallar 2021 yilning bahoridan chizila boshlanganini ta’kidlagan. «Do‘stlik ramzi» muralining mualifi Hasan Maycheyev.
«Bir rassom chizib berishini aytdi va bu muralni chizdi», — deydi hokim.
Ma’lumot uchun, Mural-art bu – zamonaviy ko‘cha san’ati bo‘lib, bunda polotno vazifasini ko‘p qavatli bino devorlari bajaradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?