
“2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni bilan 2022 yil 22 va 23 mart kunlari barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.
Shunga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar Navro‘z bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi.
Xususan:
19 mart (shanba) - dam olish kuni;
20 mart (yakshanba) - dam olish kuni;
21 mart (dushanba) – Navro‘z bayrami;
22 mart (seshanba) – qo‘shimcha ishlanmaydigan kun.
23 mart (chorshanba) - qo‘shimcha ishlanmaydigan kun.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa ketma-ket 4 kun (20–23 mart kunlari) dam oladi.
Navro‘z BayramiIsh HaftasiDam Olish KuniQo‘shimcha KunlarPrezident FarmoniXodimlarga Dam O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar