1 635
«Har kuni o‘lib-tirilgandan ko‘ra...» — pichoqlab o‘ldirilgan sportchi Kamoliddin Rasulovning bevasi
Kamoliddin Rasulov.
Foto: Marhum yaqinlarining shaxsiy arxividan
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida qashqadaryolik sportchi, sambo bo‘yicha jahon chempioni Kamoliddin Rasulov o‘limida ayblanayotgan fuqaro ishi ko‘rib chiqilmoqda, deya xabar berdi «Daryo».
Sudda so‘z olgan marhumning turmush o‘rtog‘i Gulnoza Xolmurodova eri vahshiylarcha, ko‘z oldida pichoqlanganini aytib, imkoni bo‘lganda eri uchun qalqon bo‘lishga ham tayyorligini bildirdi.
- Kamoliddin akam bilan atigi ikki oy yashadim. Ammo u inson menga yuz yillik baxtni berib ketdi. Men baxtli edim. Baxtimni baxt neligini his qilib ham ko‘rmagan inson mendan tortib oldi. Ha, bugun shu vahshiyning onasi ham yig‘layapti. Bilasizmi, u nima deb yig‘layapti, ayoliga baxt berolgan, uni baxtli qilolgan, hayotidagi ayollarni — xoh u onasi bo‘lsin, xoh opasi — singlisi yoki yori, ayolga hurmati cheksiz, yaqinlarining bir umr yodida qolajak inson o‘lganidan ko‘ra, o‘zing o‘lsang bo‘lmasmidi deyapti. Ishoning, u shunday deyapti.
Onajon, (ayblanuvchining onasiga murojaat qildi) bugun o‘g‘lingiz nafaqat mening, balki oila-a’zolarimning baxtini, quvonchini yerga ko‘mdi. Endi men qancha yig‘lamay, qancha kuyinmay suygan insonim tirilib kelmaydi. O‘sha kuni men erkak kishilar muloqotiga aralashmay, ayol sifatida ularning suhbatiga tikilib turmay, degan maqsadda bir necha soniyalarga telefonimga chalg‘idim. Bilsaydim, pichoq urilishini, bilsaydim o‘ldirilishini o‘zim qalqon bo‘lardim. Bu qora niyatli kimsa mening baxtimga chang solishini bilsaydim, o‘zim o‘limimga rozi bo‘lib jismimni tutib berardim. Zero Kamoliddin akam o‘lganidan beri har kun o‘lib-tirilaman, rozi edim o‘sha kuni bir marta o‘lishga, — dedi marhumning bevasi.
Eslatib o‘tamiz, sambo bo‘yicha jahon chempioni 30 yoshli Kamoliddin Rasulov 2021 yilning 13 sentabr kuni soat 21:30 da Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylar oldida boshqa bir sportchi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgandi. Bu haqdagi xabarlarni to‘ldirgan Bosh prokuratura axborot xizmatining rasmiy ma’lumotida chempion yigitning pichoqlanishiga uning gumonlanuvchi tanishiga «Humo Trop» vitaminini tavsiya qilgani, oqibatda esa gumonlanuvchining sog‘lig‘i yomonlashgani, shifokorlar bu kasallikning davosi yo‘qligini bildirgani xabar berilgandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida so‘z olgan guvoh ham tanishi, sudda ayblanuvchi sifatida ishtirok etayotgan Sh.T. marhum Kamoliddin Rasulov tavsiya qilgan vitaminni aytilgan miqdordan ko‘ra ko‘proq iste’mol qilgani sabab sog‘lig‘i yomonlashganini, kechalari issig‘i chiqib, uxlolmaydigan bo‘lib qolganini aytgandi. Voqea sodir bo‘lgan kuni pichoqdan jarohatlangan sportchini ikki kishi quvlab ketayotganini jamoatchilikka oshkor qilgan «Markaziy studiya» ko‘rsatuvi muxbiriga intervyu bergan noma’lum suhbatdosh vitaminni qabul qilgan sportchiga shifokorlar endi o‘lasan, deb aytishganini, sportchi shu sabab men o‘lsam, uyam o‘ladi, deya marhumni pichoqlaganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?