22:00 / 19.02.2022
2 304

Prezident: «Yaponiyada 40-qavatda stanoklar ishlayapti. Biz haliyam bir paqir suvni tepaga olib chiqolmayapmiz»

Prezident: «Yaponiyada 40-qavatda stanoklar ishlayapti. Biz haliyam bir paqir suvni tepaga olib chiqolmayapmiz»
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yangihayot tumaniga tashrifi davomida yangi qurilayotgan texnopark maydonida bo‘lib, mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi. Bu «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Prezident shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevdan va investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitovdan yerlarni ajratishda tanish-bilishchilik bo‘lmasligi haqida so‘radi.

«Tadbirkorlar hammasi tanish-bilish bo‘lib ketibdi, Voitovning o‘zi beribdi, degan gap chiqmaydimi, deya savol berdi prezident. Bunga javoban esa faqat auksion orqali yerlarni sotilishi aytildi. «Birovlar yerni olib qo‘yib, bo‘ldi endi, deb o‘tirmaydimi?», deya davlat rahbari yana bir bor savol qo‘ydi. Mas’ullar ushbu savolga bunday bo‘lmasligini aytishdi.

Davlat rahbari mas’ullarga yerni iqtisod qilib, qo‘sh qavatli korxonalar qurish vaqti allaqachon kelganini eslatdi.

«Toshkent ham Andijonga o‘xshab qolyapti – yer kamaymoqda. Endi uskunalarni ikkinchi, uchinchi qavatga chiqarish kerak. Agar chiqarmasak, keyin yer topolmaymiz. Kelasi yil ham rivojlanishimiz kerak-ku. Kelasi yili qayerga borib Yangihayotdek yer topib beraman? Yaponiyaga bordik: 40-qavatda stanoklar turibdi. Xitoyga borganimizda 51-qavatda stanoklar ishlayapti. Biz esa bir paqir suvni tepaga olib chiqolmaymiz. Bu zamon o‘tib bo‘ldi», — deya qo‘shimcha qildi prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: «Yaponiyada 40-qavatda stanoklar ishlayapti. Biz haliyam bir paqir suvni tepaga olib chiqolmayapmiz»