Instagram'dagi Jahongir Ortiqxo‘jayev haqida post qo‘yib boruvchi sahifada Toshkent shahar hokimining murojaati yozilgan xat e’lon qilindi. Unda yozilishicha, Ortiqxo‘jayev va Komil Allamjonov o‘rtasida hech qanday tushunmovchilik yo‘q va hech qachon «matbuot urushi» bo‘lmagan.
Ortiqxo‘jayev bu sohada (matbuot) tajribasi ĭŭqligi va Allamjonov bilan kuniga 3-4 marotaba telefonlashib, xabarlashib, fikr almashib turishini ma’lum qilgan.
«Assalomu aleykum barchaga. Oxirgi 3-4 kunda mening atrofimda bo‘layotgan mavzular va men bilan Komil Allamjonov o‘rtasida qandaydir xabarlarlarni tarqatayotgan, holatni bo‘rttirib, yolg‘on xabar qo‘shib, ijtimoiy tarmoqqa sizdirilayotgan, tasdiqlanmagan axborotlar keng muhokamalarga sabab bo‘layotgani ortidan yozishga ahd qildim.
Aslida e’tibor bermasdan, vaqtimni ketkizmasdan, bunday uydirmalarga ahamiyat bermasdan yuraman. Lekin, tinimsiz bo‘lgan ko‘ng‘iroqlar sabab holatga shaxsan aralashishni joiz deb topdim.
Men bilan Komil Allamjonov o‘rtasida xech qanday sovuqchilik yo‘q, biz xech qachon matbuot urushi qilmaganmiz, bu sohada tajribam yo‘q. Munosabatlarimiz doim ochiq va samimiy bo‘lgan, kuniga 3-4 marotaba telefonlashib, xabarlashib, hurmatli prezidentimiz oldida, shu yurt oldida qanday vazifalarimiz, majburiyatlarimiz bo‘lsa, maslaxatlashib, fikr almashib, tajriba almashib turamiz. Kecha prezidentimizning Toshkent shahriga tashriflarida ikkimiz yonlarida bo‘lib, o‘zimizga tegishli vazifalarni olib kelmokdamiz. Buni barcha rasmiy fotolardan ko‘rishingiz mumkin.
Biz amaldorlar xalq xizmatidamiz. Prezidentimiz bizni bir oila kabi ishlab kelishimizni ta’kidlab keladilar. O‘zbek halqida bir gap bor – agar oiladagi farzandlar o‘rtasida ziddiyat bo‘lsa, bu oila boshining ishonchi yuqolishiga olib keladi. Kelinglar, boshni bir yoqadan chiqarib, davlatimizga, xalqimizga, oilamizga va oila boshini topshiriqlarini halol ado etishga kuchimizni sarflaymiz.
Qolaversa, bizning oramizga kim qanday maqsadda bunday tushunmovchiliklar, sovuqchiliklar solmoqchi bo‘lgani, buning ortida qanday manfaatlar yotgani menga qorong‘u. O‘shalarga birgina gapim bor: ishlashimizga xalaqit bermanglar. Bunday uydirmalarga ishonmasligingizni va qimmatli vaqtingizni bunday arzimas narsalarga ketkazmasligingizni iltimos qilib qolardim. Sizlarga katta raxmat!», deb yakulangan xat.
Oxirgi kunlarda Telegram messenjeridagi guruh va kanallarda Komil Allamjonov Toshkent shahar hokimi bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Hatto Ortiqxo‘jayev va Allamjonovdan kay biri poytaxt hokimi bo‘lsa yaxshiligi borasida so‘rovnomalar tarqaldi. Bu esa ikki siyosatchi o‘rtasida «axborot urushi» boshlangani haqida navbatdagi mish-mishlarni keltirib chiqargandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi