13:19 / 23.02.2022
1 010

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga uch kunlik tashrifini Mo‘ynoqdan boshladi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga uch kunlik tashrifini Mo‘ynoqdan boshladi
Foto: Telegram / «Mikrofon ko‘targan ayol»
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi Mo‘ynoq tumanidan boshlandi. Bu yerda davlat rahbari tuman faollari bilan suhbatda bo‘lyapti, deb xabar bermoqda «Daryo».

«Mo‘ynoq aeroportida ko‘rishib turganimiz Yangi O‘zbekistonning yaxshi ishlaridan. Qoraqalpog‘istonda so‘nggi 5 yilda ko‘p ishlarni amalga oshirdik. Hamma joyda ‘qilsa bo‘lar ekan-ku’, degan ibora paydo bo‘ldi. Bu narsa Qoraqalpog‘istonda ham paydo bo‘ldi», — deydi prezident.

Shuningdek, davlat rahbari faollar bilan uchrashuvda bir vaqtlar Toshkentda qabul qilingan qarorlar qog‘ozda qolib ketganini ta’kidlagan. «Bir vaqtlar biz Toshkentda o‘tirib olib katta-katta qarorlar qabul qildik. Afsuski, ular qog‘ozda qolib ketgandi. Chunki xalq bilan muloqot bo‘lmagan edi o‘sha vaqtda», — deydi prezident.

Davlat rahbari so‘nggi yillarda turli hududlarda suv masalasida muammolar bo‘lganini aytib o‘tgan. «Men bu safar katta-katta rejalar bilan keldim», — deya qo‘shimcha qilgan Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta Qoraqalpog‘istonga 2021 yilning sentabrida borgan edi. O‘shanda davlat rahbari Nukusda qurilayotgan ko‘p qavatli uylar va IT-parkni borib ko‘rgan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti huzuridagi bolalar klinikasini ko‘zdan kechirgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga uch kunlik tashrifini Mo‘ynoqdan boshladi