Foto: Coca-Cola Uzbekistan
Turkiyaning Coca Cola İçecek A. Ş. kompaniyasi Coca-Cola Bottlers Uzbekistan’ning yagona egasiga aylandi. Bu haqda kompaniya moliyaviy hisobotida aytib o‘tildi.
Coca Cola İçecek A. Ş. 2021 yilning sentabr oyida kompaniyaning 57 foizini Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan 252,2 mln dollarga sotib olgan edi. Qolgan 43 foizni esa 2021 yilning dekabr oyida The Coca Cola Export Corporation’dan sotib oldi. Kelishuv summasi ommaga ma’lum qilinmagan.
«Biz katta muvaffaqiyatga erishdik va O‘zbekiston bozori tomonidan ulkan imkoniyatlar berilayotganidan juda xursandmiz», — deb izoh beradi Coca Cola İçecek A. Ş.ning bosh rahbari Burak Basharir.
Coca-Cola nima uchun sotib yuborildi?
Coca-Cola Bottlers Uzbekistan kompaniyasiga 1993 yilda asos solingan. Turli vaqt mobaynida kompaniya turli odamlar tomonidan egalik qilib kelindi. Nazorat paketi 2021 yilgacha davlat qo‘lida bo‘lgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakillarining xususiylashtirish sababiga izoh berishlaricha, bozor iqtisodiyotidagi davlatga faqatgina strategik muhim kompaniyalar, masalan asl monopoliyalar tegishli bo‘lishi kerak, Coca-Cola esa ularning safiga kirmaydi.
Savdodan tushgan pullarni yirik ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni chiqarish va budjet xarajatlari uchun sarflash ko‘zda tutilmoqda.
Coca-Cola İçecek A.Ş. — 1964 yilda ochilgan, alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi turk kompaniyasi. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 11 mamlakatidagi 29 ta zavodga egalik qiladi. CCI’ning asosiy egasi Anadolu Efes (50,3 foiz) hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi