Shavkat Mirziyoyev 23 fevral kuni Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanidagi «Beltov» ovul fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu yerda mingdan ortiq aholi yashaydi. Tuman markazidan 40 kilometr uzoqda joylashgan hududning ilgari sharoiti og‘ir bo‘lgan. «Obod qishloq» dasturi asosida qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilgach, ovul qiyofasi o‘zgargan.
Shavkat Mirziyoyev ovuldagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirib, aholi bilan muloqot qilgan.
«Oxirgi yillarda Qoraqalpog‘istonga alohida e’tibor berib, katta kuch va resurslarni jalb etganimiz o‘z natijasini beryapti. Odamlar yo‘limiz to‘g‘riligiga ishondi. Endi yangi marralar qo‘yganmiz. Qoraqalpog‘istonga hamma rahbarlarni olib keldik. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan. Ular mablag‘i, jamoasi bilan kelib, aniq loyihalar ishlab chiqyapti. Taxtako‘pirning ham avvalgi mavqeyini tiklashimiz zarur», — deydi prezident.
Davlat rahbari ayollar turmushini yaxshilash masalasiga alohida to‘xtalgan: «Yurtimizda ayollar ko‘z yosh to‘kmaydigan jamiyat qurishimiz kerak».
Shu yerda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan ham muloqot bo‘lgan. Ular mahallalardagi muammolarni hal etish, bandlikni ta’minlash borasidagi takliflarini bildirgan. Prezident shu yerda jurnalistlar bilan ham suhbatlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi