Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand shahrida yashovchi bir guruh sportchilar «Samarqand-Navoiy» yo‘nalishdagi avtoshox bekatni zo‘ravonlik va o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallab olib, haydovchilardan ushbu yo‘nalishga kirish uchun 500 AQSH dollari, kunlik qatnovchi haydovchilardan esa 50.000 so‘mdan pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olib kelishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB, DXX, Prokuratura, hamda viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, ushbu faoliyat bilan shug‘illanib kelayotgan 7 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi.
Aniqlanishicha, Samarqand shahar «Gala Osiyo» mahallasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan Sh.D. ushbu jinoiy guruhga yetakchilik qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri buyicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Sh.D. va boshqa shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi