17:17 / 26.02.2022
887

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
26 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Turkiyaning do‘st xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.

Shuningdek, muloqot chog‘ida ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston—Turkiya ko‘p qirrali hamkorligi barqaror va jadal sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

«Turli darajalarda faol muloqotlar davom ettirilmoqda, o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘smoqda. Ikki mamlakat yetakchi hudud va korxonalarining kooperatsiyasi kengaymoqda, birgalikda qator yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Muhim madaniy-gumanitar dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda» — deyiladi xabarda.

Davlat rahbarlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Strategik hamkorlik bo‘yicha oliy darajadagi kengashning navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratgan. Xalqaro siyosat va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi