1 690
«Eri judayam rashkchi edi». Nigora Ruxshonaning sobiq turmush o‘rtog‘i haqida so‘zladi
Xonanda Nigora «Mirsodiqova bilan» YouTube-kanaliga bergan intervyusida klipmeyker Sanjar Matkarimov va xonanda Ruxshonaning darz ketgan oilasi haqida ham gapirib o‘tdi.
«To‘rtta devor ichidagi narsa ichkarida qolib ketishi kerak edi. Men oilaning ishiga aralashmayman. Er-xotinning o‘rtasiga tushgan ahmoq, deyishadi. Shuning uchun aralashmayman ham, fikrimni ham ayta olmayman. Men, masalan, ayol sifatida o‘zimni, erim o‘zining teoriyasini gapirishi mumkin. Shuning uchun men ikki tarafning ham holatini bilmagan holda, voy ana, bu yerda bunaqa qildi, Sanjar aka yomon ekan, Ruxshona mana bunday qildi, u ham yomon ekan, deya olmayman. Ular ikkalasi kelisha olmadi, ularning o‘rtasida men faqat farzandlarga achinyapman. Chunki farzand beayb, u ham otasi, ham onasi bo‘lishiga haqli», — deydi Nigora.
Nigoraning aytishicha, Sanjar Matkarimov juda rashkchiligi bois Ruxshonani dugonalari bilan uchrashuvlarga ham jo‘natmay qo‘ygan.
«Eri judayam rashkchi, Ruxshona ham chiroyli ayol. Ko‘rishishga u-bu joyga yubormasdilar. Qoyil qolaman shu qizga, oilasidagi biror narsani hech qachon tashqariga bildirmagan. Endi mana yig‘ilib kelganlari chiqib kelayotgandir. Lekin shu paytgacha erim bunaqa edi, qaynonam unaqa edi, degan gap bo‘lmagan. Erim rashk qiladilar, bora olmayman, tushunasizlar, deb aytardi. Hattoki bolalarimizning tug‘ilgan kunlarida ham farzandlaringni olib kel, tanishsin bir-biri bilan, der edik, nimaga olib kelmaysan, deb jahlimiz ham chiqar edi. Keyin yana o‘zimizga nima ham derdik, er xo‘p desa xo‘p, yo‘q desa yo‘q, deymiz. Biz hech narsa qila olmaymiz, jim turamiz. Ko‘p joyga yubormas edi, shuni bilaman», — deydi xonanda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xonanda Ruxshona Instagram’dagi sahifasiga sobiq turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimovning farzandlarini majburlab olib ketishga urinayotgani aks etgan videoni joylab, kuzatuvchilariga so‘nggi kunlarda boshidan o‘tayotgan mojarolar haqida so‘zlab bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz